Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi BMTTD bilan korrupsiyaga qarshi kelishuv imzoladi

Adliya vazirligi BMTTD bilan korrupsiyaga qarshi kelishuv imzoladi

Foto: Adliya vazirligi

Adliya vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, kecha, 19-aprel kuni Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida «O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

8 million AQSh dollari budjetga ega ushbu loyiha korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yirik kompleks chora-tadbir hisoblanib, deyarli barcha sohalarni qamrab olgan. U uch yilga mo‘ljallangan.

Loyiha Adliya vazirligi, Bosh prokuratura tomonidan mamlakatimiz vazirlik va idoralari hamda BMTTD bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. U uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan:

— korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy qonunchilikni har tomonlama tahlil qilish, uni takomillashtirish va xalqaro ekspertlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida xalqaro standartlar, davlat majburiyatlariga moslashtirish; 

— korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada takomillashtirishga qaratilgan davlat xizmatchilarini tayyorlashning innovatsion metodikalarini ishlab chiqish va joriy qilish, xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va orttirilgan bilimlarni yurtimiz tashkilotlari faoliyatiga implementatsiya qilish;

— eng so‘nggi uskunalar, dasturiy ta’minot bilan ta’minlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish, bu esa o‘z navbatida davlat organi va fuqaro o‘rtasida interaktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini soddalashtirish, davlat organlariga murojaat chog‘ida byurokratiya to‘siqlarini bartaraf qilish, samarali hujjat aylanishi hamda korrupsiyaning oldini olish uchun davlat xizmatlari shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

— korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi texnologiyalardan foydalangan holda bilim va ko‘nikmalarni tarqatish va targ‘ib qilish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qila olmaslik madaniyatini rivojlantirish. Hukumat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirish, jamiyatda korrupsiyaga toqat qila olmaslikni rivojlantirishga qaratilgan yagona media-strategiya va axborot kampaniyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

— O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro institutlar bilan hamkorligini rivojlantirish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatimiz oldida turgan muammoli masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Ushbu global loyihaning asosiy vazifasi korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring