Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi xalqaro tashkilot bilan memorandum imzoladi

Adliya vazirligi xalqaro tashkilot bilan memorandum imzoladi

Foto:Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi va «Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, marosimda Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari M.Istamov, «Buyuk Kelajak» XNNT ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Z.Azimova hamda «Buyuk Kelajak» XNNT ta’sischisi B.Ismailovlar ishtirok etdi.

Memorandumning maqsadi «Buyuk Kelajak» ekspertlarining ilg‘or xorij tajribasi tahlillarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiybazasini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishdan iboratligi qayd etilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring