Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Agar yana tarixga hurmatsizlik qilinsa, endi xalqimiz zinhor kechirmaydi»

Prezident: «Agar yana tarixga hurmatsizlik qilinsa, endi xalqimiz zinhor kechirmaydi»

Foto: «President.uz»

Avval xabar berganimizdek, ayni damda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham qatnashmoqda.

Uning ma’lumot berishicha, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash o‘zbek xalqining millat sifatida yuksak madaniyatga ega ekanini ko‘rsatib berishini ta’kidlagan.

— Biz ushbu tarixiy sanani munosib kutib olishimiz kerak. Agar yana tarixga hurmatsizlik qilinsa, endi xalqimiz zinhor kechirmaydi, — dedi Prezident.

Shuningdek, mazkur sana bilan bog‘liq tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni nazorat qilishni Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovga topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring