Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Shodmonov shifokor otasi koronavirusdan vafot etgan qiz xonadoniga bordi

Alisher Shodmonov shifokor otasi koronavirusdan vafot etgan qiz xonadoniga bordi

Kuni kecha e’lon qilingan «Tibbiyot xodimlarini virus o‘choqlariga majburan kiritishyaptimi?» Shifokor otasi vafot etgan qiz jim o‘tirmoqchi emas» nomli maqola tarmoqda ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Undan shifokor otasi koronavirus yuqtirib vafot etgan Shahnoza Hasanovaning iztirobli hikoyasi o‘rin olgan. 

«Mikrofon ko‘targan ayol» kanalida xabar berilishicha, mazkur material e’lon qilingach, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Shahnoza Hasanova xonadoniga borgan.

«Hozirgina Shahnoza Hasanova qo‘ng‘iroq qilib, xonadoniga Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov kelganini aytdi. Vazir oila a’zolaridan camimiy ko‘ngil so‘rab, bu shifokorlar jamoasi uchun ham og‘ir judolik bo‘lganini bildirgan. Sh. Hasanova sog‘liqni saqlash tizimi uning iztiroblarini to‘g‘ri tushungani uchun minnatdor. Oila boquvchisini yo‘qotgani, xizmat faoliyati davomida koronavirus infeksiyasiga chalinib vafot etgani inobatga olinib qonuniy barcha kompensatsiyalar qoplanishi ma’lum qilingan. Shuningdek, Sh. Hasanova u bilan birga hamdard bo‘lgan, murojaatiga befarq bo‘lmagan barcha jamoatchilik vakillari, jurnalistlar va blogerlarga o‘z rahmatini aytdi» -deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shifokor Alisher Uralov 26-iyun kuni vafot etgan. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring