Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov boyligini kimga qoldiradi?

Alisher Usmonov boyligini kimga qoldiradi?

Foto: «RIA NOVOSTI»

Rossiya Davlat dumasi qabul qilayotgan yangi qonunga ko‘ra, badavlat fuqarolar o‘z nomlari bilan ataluvchi fondlar va mukofotlar ta’sis qilishlari va ularga o‘z boyliklarini vasiyat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda «Dela.ru» nashriga tayanib, «Sputnik» xabar berdi.

Yangi joriy etilayotgan mexanizm, badavlat ishbilarmonlarning mol-mulklaridan ularning vafotidan keyin ham, qoldirilgan vasiyatnomaga muvofiq – samarali boshqarish, ko‘paytirish va xayriya maqsadlarida foydalanish imkonini yaratadi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, boy-badavlat ishbilarmonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari har doim ham eng mos keladigan boshqaruvchi bo‘la olmaydi.

Ikkinchidan, ayrim badavlat biznesmenlar o‘z vorislarining xavfsizligini o‘ylab ham ana shunday qarorga kelishgan. Xususan, 2017 yilda boyligi 14,4 milliard dollar baholangan «Alfa grupp» egasi milliarder Mixail Fridman ana shunday fikr bildirgan edi.

Undan tashqari, mol-mulki 15,2 milliard dollar etib baholangan Alisher Usmonov, daromadi 14,3 mlrd. dollar bo‘lgan «Nornikel» kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin ham o‘z boyliklarining katta qismini meros fondlariga o‘tkazish va kelajakda ulardan jamoatchilik manfaatlari uchun foydalanish niyatlari borligini bildirishgan edi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyada ana shunday me’ros fondlariga ehtiyoj ancha vaqtdan beri bor edi, lekin taaluqli qonun bo‘lmagani tufayli oldin bunday amaliyotlar Buyuk Britaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali amalga oshirilar edi. Yangi qonun kuchga kirsa, Rossiyada 2018 yilning 1 sentyabrdan boshlab meros fondlari tashkil qilish mumkin bo‘ladi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik biznesmenlar xayriya maqsadlarida yildan yilga ko‘proq mablag‘ sarflab kelmoqdalar. Mablag‘lar nafaqat jismoniy shaxslar, balkim kompaniyalar tomonidan ham sarflanmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring