Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amanda Long O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasini tabrikladi

Amanda Long O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasini tabrikladi

Foto:«YouTube»

Xalqaro iste’molchilar tashkiloti bosh direktori Amanda Long O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

«O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International – Si-Ay)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgani bilan tabriklayman. 

Biz O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda o‘zaro manfaatli aloqalarni kutamiz.

Bizning bu hamkorligimiz xalqaro va mintaqaviy loyihalar ustida ishlash va tajriba almashish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.» deyiladi tabrikda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring