Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda minglab odamlarni zaharlagan odamga sud hukmi o‘qildi

Andijonda minglab odamlarni zaharlagan odamga sud hukmi o‘qildi

Foto: «time.kz»

Andijonda 1000 nafardan ortiq kishining muzqaymoqdan zaharlanishiga sababchi bo‘lgan «Maks Krem» kafesi direktoriga nisbatan 10 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan hukm o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Bo‘z tuman sudi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Bultirboyev Jaxongirmirzo Jamoldin o‘g‘li 2015 yil 20 aprelda Andijon tumani yagona darcha markazi tomonidan berilgan guvohnomaga asosan yakka tartibda tadbirkor sifatida Shahrixon shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan «Maks Krem» nomli muzqaymoq kafesida aholiga muzqaymoq sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

2017 yil 14-15 may kunlari xavfsizlik talablariga javob bermaydigan muzqaymoq mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarib, Shahrixon shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan «Maks Krem» nomli muzqaymoq kafesida aholiga sotganligi natijasida mazkur muzqaymoqni iste’mol qilgan jami 1073 nafar fuqaroning zaharlanishiga sababchi bo‘lgan.

Andijon viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazining 2017 yil 16 maydagi yozma ma’lumotiga ko‘ra, J.Bultirboyev xavfsizligi kafolatlanmagan muzqaymoq mahsulotlari sotib kelganligi, freyzer apparati va boshqa ish qurollarini yuvishda zararsizlantiruvchi vositalardan foydalanilmaganligi, bu bilan Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan 0310-14 sonli «Umumiy ovqatlanish shoxobchalariga sanitariya-gigiyenik talablar» sanitariya me’yor va qoidalari talablariga, «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunining 7, 14 bandlari, «Aholi sanitariya epidemiologik osoyishtaligi» Qonunining 24-moddasi talablariga rioya qilinmagan holda faoliyat ko‘rsatganligini ma’lum bo‘lgan.

Sud hukmi bilan J.Bultirboyevga nisbatan ikki yil sinov muddati belgilandi.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring