Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi masjid yagona emas: O‘zbekiston bo‘ylab qator masjid va namozxonalar «1 so‘mdan» sotilmoqda

Andijondagi masjid yagona emas: O‘zbekiston bo‘ylab qator masjid va namozxonalar «1 so‘mdan» sotilmoqda

Avvalroq, Andijon shahridagi masjid maishiy xizmat ko‘rsatish binosiga aylangani, so‘ngra garovga qo‘yilib, kredit olingani yoki aholiga taqsimlab berilgani haqida ma’lum qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar keng muhokama qilingach, vaziyatga oydinlik kiritish uchun «Xabar.uz» Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati bilan bog‘langan edi. MIB matbuot xizmatining bildirishicha, ushbu ko‘chmas mulk masjid yoki boshqa diniy tashkilot emas, balki savdo va maishiy bino sifatida e’tirof etilgan va auksion savdosiga qo‘yilgan.

Sudning bu qarori keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida keskin norozilik holatini yuzaga chiqardi, deb yozmoqda «Azon.uz».

Xalqimiz orasida: «Nimaga Andijon shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirmayabdi?» degan o‘rinli savol va e’tirozlar paydo bo‘lmoqda. Shunga qaramay, hokimiyat bu masala yuzasidan hali ham rasmiy izoh bermadi.

Lekin bu kabi masjidlarni qarovsiz qoldirilishi yoki sotuvga qo‘yilishi yangilik emasga o‘xshaydi. Internet tarmog‘ida «bo‘sh turgan masjidlar», deb so‘rov bersangiz siz kutmagan ma’lumotlar chiqishni boshlaydi.

«e-auksion.uz orqali 1 so‘mdan masjid binolarini xarid qilishingiz mumkin!» Ha, bu haqiqat. Andijondagi masjidni boshqa nom ostida sotilishidan ko‘pchilik norozi, lekin aniq qilib, «eski masjid binosi (yoki norasmiy namozxona)» deb yozib qo‘yilgan lotlar bugungi kunda oddiy holga aylandi, deb yozadi nashr.

Jumladan, ularning ayrimlariga havola ham berilgan:

https://e-auksion.uz/lot-view?26&lot_id=73712 
https://e-auksion.uz/lot-view?27&lot_id=73709 
https://e-auksion.uz/lot-view?29&lot_id=73647 
https://e-auksion.uz/lot-view?30&lot_id=73661 
https://e-auksion.uz/lot-view?31&lot_id=73753 
https://e-auksion.uz/lot-view?32&lot_id=73749 
https://e-auksion.uz/lot-view?34&lot_id=73754 
https://e-auksion.uz/lot-view?35&lot_id=73752 
https://e-auksion.uz/lot-view?50&lot_id=73758

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring