Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AOKA poytaxtlik pensioner muammosini yoritgan jurnalistga minnatdorchilik bildirdi

AOKA poytaxtlik pensioner muammosini yoritgan jurnalistga minnatdorchilik bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi fuqarolar va jamiyat muammolariga befarq bo‘lmagan milliy ommaviy axborot vositalarining faol yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Ularning faoliyatlari kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yordam beradi va OAVni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantiradi.

Joriy yilning 22-aprelida «Novosti Uzbekistana» (O‘zbekiston yangiliklari) yangiliklar saytida «Oq yo‘l 59 manzilidagi beboshlik: pensionerdan uchastkani qanday tortib olishdi» nomli maqola e’lon qilingan. Muallif o‘tkazgan jurnalist tekshiruvi mutasaddi davlat idoralarining poytaxtda yashovchi sodda fuqaroning muammosiga e’tibor qaratishlariga sabab bo‘ldi.

Maqola muallifi Oliya Taishova va «Novosti Uzbekistana» tahririyatiga yuksak fuqarolik burchi va insonlarning eng muhim muammolarini yoritishdagi faolliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring