Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish uchun dunyodagi eng yaxshi uskunalar keltiriladi

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish uchun dunyodagi eng yaxshi uskunalar keltiriladi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada bo‘lib, hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur «MICROBOX GmbH» kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, safardan ko‘zlangan maqsadlar — davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish borasidagi ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, zamonaviy skanerlarni boshqarish uchun o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. Bundan tashqari, mamlakatimizga Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy skanerlash uskunalarini keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kunidanoq o‘zini innovatsion jarayonlarini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon qildi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘l mehnatidan ozod qilish ko‘zda titilgan. Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvarga qadar avtomatlashgan «FHDYo yagona elektron arxivi» tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

«MICROBOX GmbH» dunyodagi eng yaxshi professional yechimlari bilan tanilgan kompaniyalardan sanaladi. Mutaxassislarning aytishicha, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish bo‘yicha deyarli hamma vazifalarni bajara oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring