Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arzon uylar soni oshadi, sifati yaxshilanadi

Arzon uylar soni oshadi, sifati yaxshilanadi

Arzon uy-joylar qurilishlari 2018 yil va keyingi yillarda ham davom ettiriladi

Foto: "Jizzax ovozi" gazetasi

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida aholini arzon va sifatli turar-joy bilan ta’minlashga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Xususan shu kunga qadar ham jadal olib borib borilayotgan uy-joylar qurilishlari 2018-yil va keyingi yillarda ham davom ettiriladi.

Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2018-yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 5 trillion 286 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 

Davlat dasturi kecha, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring