Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avgustda narxlar o‘rtacha 0,2 foizga oshdi

Avgustda narxlar o‘rtacha 0,2 foizga oshdi

2026-yil avgust oyida O‘zbekistonda tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,2 foizga qimmatladi. Yillik inflyasiya esa 6,2 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning avgustida bu ko‘rsatkich 8,8 foiz edi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir oyda oziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foiz, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foiz, pullik xizmatlar esa 0,1 foizga qimmatlagan.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasida sabzi 9,2 foiz, tarvuz 7,5 foiz, piyoz 6,2 foizga qimmatlagan. Guruch narxida ham 2 foizdan ortiq o‘sish qayd etilgan.

Ayrim meva va sabzavotlar esa arzonlagan. Xususan, uzum narxi 10,9 foiz, bulg‘or qalampiri 9,2 foiz, olma 7,2 foiz, nok 6 foizga pasaygan. Baqlajon, karam va kartoshka ham arzonlagan.

Avgustda benzin narxida ham o‘sish kuzatildi. AI-98 va AI-100 benzini 6,7 foiz, AI-95 — 4,9 foiz, AI-92 esa 1,1 foizga qimmatlagan.

Xizmatlar orasida xalqaro aviaqatnovlar 1,7 foiz, shaharlararo avtomobil transportida yo‘lovchi tashish 0,6 foiz, ijara uylari uchun to‘lovlar 0,4 foizga oshgan.

Statistika qo‘mitasi hisob-kitob uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasida 2 milliondan ziyod narxni qayd etgan. Jami 419 turdagi tovar va 98 turdagi xizmat narxlari kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring