Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari o‘zgarmaganidek...» — Alisher Qodirov

«Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari o‘zgarmaganidek...» — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov gaz va elektr muammosi haqida fikr bildirdi.

«Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari o‘zgarmaganidek, energetikada ham monopoliya tugamas, narxlar o‘zgarmas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmaydi», dedi u.

Qodirovning izoh berishicha, sifatli ta’minot uchun yaroqli tarmoqlar bo‘lishi kerak. Tarmoqlar yaroqli bo‘lishi uchun muntazam va qimmat ta’mir ishlari talab qilinadi. Bu budjet uchun og‘ir, qarzga qilish — teshik idishga suv quygandek gap, investorlar esa davlat bilan sherikchilik qilishni istashmaydi.

Energiya sotish kompaniyalari o‘zi daromad ko‘rmagunicha sohada o‘zgarish bo‘lmaydi.

«Gaz ham elektr ham bor, yetmasa sotib olish imkoniyati bor, lekin minglab kilometr simlar va trubalar eskirib ketgan. Aholini elektr va gaz bilan ta’minlashdagi muammo resurs yetishmovchiligi emas, boshqaruv va ta’minot tizimining eskirganida.

Istaganingizcha Energetika vazirini (yoki meni, farqi yo‘q) tanqid qilishingiz mumkin, sohada hammamiz uchun og‘ir va og‘riqli, vaqt talab qiladigan islohotlar bo‘lmas ekan, muammo turaveradi», qayd etadi «Milliy tiklanish» partiyasi raisi.

Eslatib o‘tamiz, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev elektr energiyasidagi uzilishlar sababini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring