Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti» — Shavkat Mirziyoyev

«Ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi.

So‘nggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari 3,5 mingtaga, ish o‘rinlari 20 mingtaga ko‘paydi.

Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar soni bo‘yicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi.

Shu bilan birga, Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla o‘rtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit bo‘yicha vaziyat bir xil emasligi ta’kidlandi.

Masalan, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti. Ular o‘zi va farzandlari kelajagiga investitsiya kiritish uchun mablag‘ ajrata olmaydi.

Iqtisodiy kompleks tashkilotlarida bu borada tahlil yo‘qligi, turli moliyaviy instrumentlar orqali bu oilalar daromadini oshirishni o‘ylab ko‘rmagani qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring