Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxmaldagi harbiy qismda 200 o‘rinli bog‘cha qurilmoqda

Baxmaldagi harbiy qismda 200 o‘rinli bog‘cha qurilmoqda

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi harbiy qismlarning birida 200 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi va xizmat uylari qurilishi boshlab yuborilgan. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Harbiy qismning ichki hududida ya’ni «Vatanparvar» mahallasida qurilayotgani MTM va xizmat uylari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yanada yengillik yaratadi. Bolalar harbiy qismdan 5 km uzoqlikda joylashgan Uyluqma qishlog‘idagi 19-umumta’lim ta’lim maktabida tahsil olishadi.

Qurilish ishlari iyun oyining oxirida boshlangan bo‘lib, 20 nafar ishchilar va maxsus texnikalar jalb qilingan. Ta’lim maskani atrofida bolalar va sport maydonchasi, saylgoh va suzish havzasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring