Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekoboddagi chiqindilar poligonidagi yong‘in haqida yana rasmiy ma’lumot berildi

Bekoboddagi chiqindilar poligonidagi yong‘in haqida yana rasmiy ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Xabar.uz sayti orqali Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi chiqindilar poligonida yong‘in kelib chiqqani va quyuq tutun tufayli yon-atrofdagi aholi punktlaridagi fuqarolar aziyat chekkani haqida xabar berilgan edi. Yong‘in 6-iyulda boshlandi va bir necha kun davom etdi.

Bekobod tumani Bobur f/u hududida joylashgan chiqindi poligoni Bekobod shahar hokimining 2018-yil 14-fevral 12-sonli qarori bilan «Toza hudud» DUK Bekobod shahar filialiga dalolatnoma bilan biriktirib berilgan. Poligon 2007-yili «O‘zmetkombinat» AJ tomonidan qurilib foydalanishga topshirilgan. Poligonning umumiy maydoni 6,6 gektar bo‘lib, 720 metr betonli devor bilan o‘ralgan, qorovul xonasi mavjud. Bir kunda poligonga o‘rtacha 100 m3 maishiy va aralash turdagi chiqindilar «Toza hudud» DUK tomonidan olib borib to‘kiladi. Hozirgi kunda Poligon 95% maishiy chiqindilar bilan to‘lgan holda qabul qilib olingan.

Joriy yilning 6-iyul kuni Bekobod tumanida joylashgan «Toza hudud» DUK Bekobod shahar filiali tasaruffida bo‘lgan chiqindixona aholi tomonidan olib kelingan chiqindilar orasida o‘chmagan cho‘g‘ mavjudli tufayli ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng kunning issiq paytida yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Yong‘inni bartaraf etish maqsadida Bekobod shahar Yong‘in xavfsizligi xizmati texnikasi va Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli suv tashish avtotransporti jalb qilingan. Ekologiya qo‘mitasi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, kunning keskin darajada issiqligi sababli shu kunning o‘zida yong‘inni bartaraf etish imkoni bo‘lmadi. Hozirgi kunda «Toza hudud» DUK Ohangaron tumani filialidan buldozer olib kelib yonayotgan maydonni ajratib qum bilan ko‘mish orqali o‘chirish choralari ko‘rildi.

«Toza hudud» DUK Bekobod shahar filiali tasaruffida bo‘lgan chiqindixona qorovuliga ehtiyotsizligi tufayli yong‘in sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasiga asosan Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Xabar.uz’ga ma’lum qilinishicha, yaqin vaqtlar ichida poligon yon-atrofida istiqomat qiladigan aholidan mavjud muammolar bartaraf etilgani haqida rozilik xati olinadi va saytimizga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring