Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir dona shokoladning narxi — 7728 yevro! Unga allaqachon xaridorlar topilgan

Bir dona shokoladning narxi — 7728 yevro! Unga allaqachon xaridorlar topilgan

Foto: «Ria.ru»

Portugaliyada bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda dunyodagi eng qimmat shokolad namoyish etildi, deb xabar berdi «The Portugal News».

Eng qimmat shirinlikning narxi 7728 yevro miqdorida baholandi. Uni portugaliyalik konditer Daniel Gomes tayyorladi. Mahsulotni tayyorlashda shafran ipi, oq tryufel, madagaskar vanili va sirli masalliq ishlatilgan. Konfetning tashqi tarafi 23 karatli oltin bilan bezatilgan.

Nashrning yozishicha, Daniel Gomes bu shokoladni yaratish uchun bir yildan ziyod vaqt sarflagan. Dunyoning eng qimmat konfeti 1000 dona chiqarilgan, xolos.

Narxi osmon bu shirinlikka birinchi bo‘lib BAA, Angola, Argentina va Rossiyadan xaridor chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring