Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir necha viloyatda adliya boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi

Bir necha viloyatda adliya boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, vazirlikda o‘tkazilgan kengaytirilgan hay’at majlisining natijalariga ko‘ra, bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan. Jumladan:

Qo‘chqarov Shuhrat Hamidovich Adliya vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan;

Nuriyev Saloxiddin Samadovich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan;

Sabirov Xayrullo Ismoilovich Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i etibtayinlangan.

Tadjibayev Abduraxman Raximovich Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Isoqov Hojimurod M. -  Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori etib tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring