Bir nechta tuman (shahar)ga hokimlar tayinlandi
Alisher Rashidov Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
***
Anvar Boliyev Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bungacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
***
Elyorbek Abdurahmonov Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati Kambagallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.
***
Sadriddin Shoqosimov Ohangaron shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. U Ohangaron tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter