Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 4 828 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilindi

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 4 828 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilindi

2018 yilning birinchi yarim yilligida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 26 442 nafar shaxsga nisbatan 20 283 ta ish ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 375 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 19 683 nafarni tashkil etib, shundan 4 828 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 13 657 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 198 nafar shaxs shartli hukm qilindi.

Shuningdek, 1 770 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 15 504 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 4 791 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi, 4 101 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, pora olish va berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, bezorilik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, transport vositasini olib qochish, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaydi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 4 634 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetkazilgan 196,1 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 2 226 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

9 032 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 45 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 678 nafar shaxsga nisbatan 524 ta ish ko‘rib chiqildi. 53 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi va 266 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Aziz Obidov,

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudi rasmiy vakili

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring