Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Biz mahbus emasmiz-ku?!» Kasbidagi voqelik yuzasidan prokuratura nega jim?

«Biz mahbus emasmiz-ku?!» Kasbidagi voqelik yuzasidan prokuratura nega jim?

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘i bir necha nafar mahalliy fermerni  jaziramada avtobusga qamab, «tarbiyaviy soat» o‘tganiga oid lavha va xabarlar aylanmoqda.

«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot guruhi»ga to‘rt nafar fermerning shikoyati joylashtirildi. Tegishli imzo va muhr bilan shahodatlangan mazkur shikoyat mazmuni tarqalayotgan xabarlar mazmuni bilan bir xil. Ortiqcha bo‘rttirilgan joyi yo‘q. Demak, Kasbida yuz bergan voqelikka shubha qolmayapti tobora.

Shunga qaramay, ayni holat yuzasidan vakolatli organlar  munosabat bildirgani yo‘q. Xususan, Bosh prokuratura ham.

Bunday sukutni «holat o‘rganilayotgan bo‘lsa kerak», degan yaxshi gumonga yo‘yish mumkin, albatta. Biroq favqulodda voqelik tezkor munosabat bildirilishini talab etadi.

Kutyapmiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘sha «seminar»ga bormagan fermerning uyiga IIB xodimlari kelib, fermerni so‘roq qilayotgani haqida ham video tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring