Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarni bog‘chaga qabul qilishda ayrim xizmatlar vaqtincha to‘xtatildi

Bolalarni bog‘chaga qabul qilishda ayrim xizmatlar vaqtincha to‘xtatildi

Foto:«Kommersant.uz»

2019-yil 1-iyulga qadar «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha elektron ariza yuborish»  va «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish»  davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha ta’lim muassasalari tizimidagi navbatlar pozitsiyalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bir nechta murojaatlar kelib tushdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha ta’lim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qo‘yishda maxsus hisobga qo‘yish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni ko‘rsatishda inson omilini butunlay yo‘q qilish va to‘liq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Shu bois, 2019-yil 1-iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring