Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi
«Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5255-son, 04.10.2021-y.) qabul qilindi.
 
Qarorga ko‘ra, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi.
 
Bolalar jamoat fondi, jumladan:
 
- og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlaydi hamda ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etadi;
- ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan ta’minlaydi;
- jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’lim olishlarida ko‘maklashadi;
- og‘ir tashxisli kasalliklari bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan kam ta’minlangan oilalarni homiylikka oladi.
 
Bolalar jamoat fondi soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno).
 
2024-yil 1-yanvargacha Bolalar jamoat fondi tomonidan tegishli ro‘yxatlar bo‘yicha davolanishga muhtoj bolalar uchun olib kelinadigan dori vositalari, tibbiyot uskunalari va protezlash vositalari bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.
 
2021-yil 1-dekabrgacha Bolalar jamoat fondi platformasi va yagona elektron bazasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
 
Qarorga ko‘ra, «Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring