Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura: uyini dollarda sotgan fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan

Bosh prokuratura: uyini dollarda sotgan fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan

Foto:«Xabar.uz»

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoq va ayrim OAVlarda Toshkentda uy savdosini xorijiy valyutada amalga oshirgan fuqarolar qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabar yuzasidan bayonotini e’lon qildi. 

«Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda go‘yoki 2 xonali uyni 25 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.larning ushlangani to‘g‘risida OAVlarda berilgan xabarlar yuzasidan rasman ma’lum qilamizki, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir o‘tkazilmagan va o‘z-o‘zidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan» deyiladi xabarda.

Shuningdek, Bosh prokuratura «jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirish»ni so‘ragan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring