Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuror, Milliy gvardiya qo‘mondoni va Ichki ishlar vaziriga hududlar biriktirildi

Bosh prokuror, Milliy gvardiya qo‘mondoni va Ichki ishlar vaziriga hududlar biriktirildi

Foto: «Xabar.uz»

Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qaroriga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun hududlar quyidagicha biriktiriladi:

  • Bosh prokurorga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;
  • Milliy gvardiya qo‘mondoniga – Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;
  • Ichki ishlar vaziriga – Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.

Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida quyidagicha amaliyot bosqichma-bosqich joriy etiladi:

  • prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion xaritalari tuziladi va tizimli yuritiladi;
  • xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularning oldini olish bo‘yicha o‘z strategiyalarini ishlab chiqadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring