Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuror Qumqo‘rg‘ondagi seldan jabr ko‘rgan qishloqlarga bordi

Bosh prokuror Qumqo‘rg‘ondagi seldan jabr ko‘rgan qishloqlarga bordi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov rahbarligidagi ishchi guruh Prezident belgilab bergan dolzarb vazifalar ijrosini o‘rganish uchun 19-20-may kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.

Bosh prokuratura rasmiy saytiga ko‘ra, tashrif davomida Sherobod tumani «Oila» markazida xotin-qizlar qo‘mitalari, «Oila» markazlari rahbarlari bilan uchrashilib, ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanida seldan talafot ko‘rgan «Elobod», «Azlarsoy» va «Bog‘or» qishloqlari joyida o‘rganildi.

Hozirda viloyat prokurorlari bilan birgalikda seldan jabrlanganlarga moddiy yordam berish, sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

O‘rganish davomida, seldan jabrlangan oilalarga birinchi navbatda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim, ko‘rpa-to‘shaklar, xo‘jalik mollari yetkazib berildi. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi xalq qabulxonasida muammolari uzoq vaqtdan buyon o‘z yechimini topmayotgan 30 nafardan ortiq fuqarolar Bosh prokuror tomonidan qabul qilindi.

Fuqarolar asosan sud va tergov ishlari, ish haqi va ishga joylashtirish, davolanish, uy-joy va tadbirkorlik masalasida murojaat qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring