Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokurorga o‘rinbosar tayinlandi. Tizimda yangi tayinlovlar

Bosh prokurorga o‘rinbosar tayinlandi. Tizimda yangi tayinlovlar

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi Farmoniga asosan Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

A.Mavlonov 1975-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilning fevral oyidan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi Farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

D.Rahimov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 2-avgustdagi buyrug‘iga asosan Muxamedov Umidjon Salimovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Muxamedov 1976-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1998 yilda Toshkent harbiy prokuraturasida boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010-yildan Bosh prokuratura bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 2-avgustdagi buyrug‘iga asosan Achilov Jamol Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Achilov 1982-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ish faoliyatini 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida boshlab, Adliya vazirligida turli lavozimlarda, 2015-yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring