Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Andijonda xodimlarga o‘z hisobidan ko‘chat oldirgan amaldorlarni tanqid ostiga oldi

Bosh vazir Andijonda xodimlarga o‘z hisobidan ko‘chat oldirgan amaldorlarni tanqid ostiga oldi

Foto: «Xabar.uz»

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri Jamshid Niyozov ham ishtirok etmoqda.

Bosh vazir Abdulla Aripovning aytishicha, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Rahmonov va Andijon shahar hokimi Rahmatullayev barcha yig‘ilishlarda ochiqdan-ochiq maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlariga shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun o‘z ish haqlaridan qimmat narxlarda gul va daraxt ko‘chatlarini sotib olishga majbur qilishgan.

— Agar ushbu topshiriqlar bajarilmasa, ishdan bo‘shatish bilan ham qo‘rqitishgan. Endi o‘zingiz ayting, yurtimizda islohotlar davri ketayotgan bir paytda Andijon sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi tizimdagi xodimlar qachon o‘z ustida ishlaydiyu, qachon o‘zi mehnat qilayotgan maskanda shu islohotlarni amalga oshiradi?! — dedi A.Aripov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring