Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir har chorakda deputatlarga hisobot beradi

Bosh vazir har chorakda deputatlarga hisobot beradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-apreldan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

  • Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi;
  • barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyati sifati va samaradorligi baholanadi;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazadi.

Shuningdek, 2019-yil 1-apreldan boshlab:

  • Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va ma’qullash jarayonida ular o‘zlarining harakatlar rejalarini ham taqdim etadilar;
  • Bosh vazir Hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga prezidentning parlamentga murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring