Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir qabulxonalari faoliyati bo‘yicha bir qator nizomlar tasdiqlandi

Bosh vazir qabulxonalari faoliyati bo‘yicha bir qator nizomlar tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bir qator nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Bular:

-O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati to‘g‘risidagi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari to‘g‘risidagi;

-Tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari to‘g‘risidagi.

Bosh vazir qabulxonasi tomonidan murojaatlarni qabul qilishning belgilangan tartibiga ko‘ra, qabul jadvali asosida Ishchi guruh tomonidan Bosh vazir qabulxonalarida tadbirkorlar hamda chet ellik investorlarni qabul qilish har kuni soat 9:00 dan 13:00 gacha amalga oshiriladi.

Soat 14:00 dan 18:00 gacha kunning birinchi qismida kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish, ro‘yxatga olish, yagona portalga kiritish va boshqa funksional vazifalar amalga oshiriladi.

Bosh vazir qabulxonasida murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi.

Tadbirkorlar va chet ellik investorlar shaxsan murojaat qilgan taqdirda Bosh vazir qabulxonasida navbat bo‘yicha tartib raqamini oladi va kutish uchun ajratilgan joyda xodimning chaqirishini kutadi.

Izohlar 4

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring