Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Botanika bog‘i asrab qolindi

Botanika bog‘i asrab qolindi

Project.gov.uz portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va ularni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘larini viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» tasarrufiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Botanika bog‘i istirohat bog‘i emas, u nafaqat ko‘p navli o‘simliklarni, balki shu soha mutaxassislarini ham yetishtirishga yordam beradigan ilm-fan dargohidir. U - nafaqat poytaxtning, balki butun mamlakatning durdonasidir.

Vaziyatni o‘rgangan va Botanika bog‘i mutaxassislari bilan suhbatlashgan holda, shuni ma’lum qilamizki, Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmagan va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas. Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir guruh faollar va ekopartiya ham Hukumatning ushbu qarori loyihasiga qarshi chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring