Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Bu yerda sayyohlar o‘zini o‘zbek mahallasida yurgandek his qilsin»

Shavkat Mirziyoyev: «Bu yerda sayyohlar o‘zini o‘zbek mahallasida yurgandek his qilsin»

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev barpo etilayotgan «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Anhor bo‘yida bunyod etilayotgan bu bog‘dagi barcha inshootlar o‘zbek ma’naviyati, milliy qadriyatlarini ifoda etadi. Bog‘da Navro‘z bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an’analarimiz aks etgan etnografik shaharcha quriladi.

— Navro‘zda madaniyatimiz va qadriyatlarimizning barcha jihatlari namoyon bo‘ladi. Bu bog‘ ana shu boy milliy merosimizni tarannum etadigan joy bo‘lishi kerak, — dedi Prezidentimiz. — Bu yerga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o‘zini xuddi o‘zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o‘tkaziladigan har bir tadbir o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zligini anglashga hissa qo‘shishi lozim.

Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro‘z bayramini xalq sayli tarzida o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishishni Yunusobod tumanida qurilayotgan metroni ko‘zdan kechirishdan boshlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring