Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi. Tayyor turing​​

Bugun ham ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi. Tayyor turing​​

Foto: IIBB matbuot xizmati

15 mart kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan quyida ko‘rsatilgan ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

“Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” DM shahrimiz aholisidan bu noqulaylik uchun uzr so‘raydi va harakatlanish cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qiladi:

- Afrosiyob ko‘chasining Rashidova ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan 13:00 gacha
- Olmazor ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan 12:00 gacha
- Sh.Rashidova ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan 12:00 gacha

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring