Bugun O‘zbekistonda 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 32–37 daraja, shimoliy hududlarda 25–30 daraja bo‘ladi.
Toshkentda kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishda sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 35–37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishda sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 25–30 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter