Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahar xalq ta’limi bo‘limi metodistiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro shahar xalq ta’limi bo‘limi metodistiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Zamin.uz»

Buxoro shahar xalq ta’limi bo‘limi metodisti N. shahardagi 29-maktab o‘qituvchisi I.ni xalq ta’limi bo‘limida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu maktab direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlab qo‘yishni va’da berib, firibgarlik yo‘li bilan undan 500 AQSh dollarini olgan. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy saytida xabar berildi.

Ushbu jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring