Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro shahrida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi

Buxoro shahrida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi.

11-iyun kuni Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi markaziy ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgan. 

«Buxoro suv ta’minoti» MChJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan avariya-tiklash ishlari natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan shisha tolali hobus diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirildi.

Ayni paytda Buxoro shahrining barcha hududlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘liq qayta tiklandi, deyiladi rasmiy xabarda.

Avval Buxoro shahrida ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani tufayli shahar aholisining suv ta’minoti vaqtincha to‘xtagani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring