Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda Yaponiya universiteti bilan hamkorlikda turizm va tadqiqot markazi ochiladi

Buxoroda Yaponiya universiteti bilan hamkorlikda turizm va tadqiqot markazi ochiladi

Foto: Buxoro davlat universiteti matbuot xizmati

Buxoro davlat universiteti va Yaponiyaning Vakayama universitetlari  joriy yilning 21-noyabr kuni BuxDU bazasida «BuxDU-Vakayama turizm ta’limi va tadqiqotlari markazi» ochilishi rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Buxoro davlat universiteti matbuot xizmati.

Vakayama universiteti Turizm fakulteti o‘z bakalavriat dasturlari uchun Butunjahon turizm tashkiloti «UNWTO»ning «TedQual» sertifikatini qo‘lga kiritgan bo‘lib, turizm yo‘nalishida bunday sertifikatga ega bo‘lgan birinchi va yagona yapon universitetidir. Fakultet huzurida «Turizm tadqiqotlari markazi» faoliyat ko‘rsatadi.

Foto: Buxoro davlat universiteti matbuot xizmati

Markazning asosiy vazifalari o‘zaro hamkorlikda turizm sohasida tadqiqotlar olib borish bilan bir qatorda yangi o‘quv adabiyotlari tayyorlash, ilmiy-uslubiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar, bakalavriat va magistraturada qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirishdir.

Shuningdek, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi hamda O‘zbek-yapon markazining Buxoro filiali mazkur markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilgan holda, hamkorlik kelishuvini imzolash niyatini bildirganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring