Chempion tadbirkorlarimiz chet elda «o‘zbek mutaxassislari brendi»ni yaratishda ham davlatga ko‘makchi bo‘lishiga ishonaman — Prezident
Qurilish, sanoat va logistikada malakali kadrlarga talab mamlakatimizda ham, chet elda ham ortib bormoqda. Sergelidagi “Toshkent quvur zavodi” o‘z ustalarini jalb etib, yiliga 2,5 ming payvandchi, elektrik va chilangar tayyorlash tashabbusini bildirgan.
Har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga berish, ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar ish joyida darhol faoliyat boshlay oladigan mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar 15 yilga boshqaruvga beriladi, bitiruvchilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etiladi.
Tadbirkorlarning kadr tayyorlash va uskuna xarid qilishga sarflagan mablag‘larini to‘langan soliqlardan chegirish, chet elda yaxshi ishga joylashgan har bir bitiruvchi uchun grant ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Texnikumlar xorijlik ish beruvchilar bilan bog‘lanadi.
— Men ishonaman: chempion tadbirkorlarimiz chet elda “o‘zbek mutaxassislari brendi”ni yaratishda ham davlatga ko‘makchi bo‘ladi, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter