Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijliklarga turmushga chiqqan ayollar ro‘yxati tuziladi

Xorijliklarga turmushga chiqqan ayollar ro‘yxati tuziladi

Foto:«Xabar.uz»

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida chet el fuqarolariga turmushga chiqib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilishi ma’lum qilindi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Namangan viloyatidan chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilgan. Qo‘mita O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ayolarning yashash sharoitini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Kelgusida butun respublika bo‘ylab chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan bog‘lanish va turmush sharoitini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

Xorijga turmushga chiqib, tahqirlangan va qaytish uchun yordam so‘ragan ayollar bilan bog‘liq voqealar ko‘p kuzatilmoqda.  So‘nggi bor TIV Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hamda doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan, so‘ngra qaytishda ko‘mak so‘ragan kelin haqida ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring