Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chilla Fest-2018» — bu hali boshlanishi! (foto)

«Chilla Fest-2018» — bu hali boshlanishi! (foto)

Foto: Toshkent hokimligi matbuot xizmati

2018-yilning yoz pallasida O‘zbekiston shaharlari madaniyati tarixida yangicha sahifa ochildi. Toshkent shahar hokimligi keng ko‘lamdagi festivallar ketma-ketligini boshlab berdi.

Birinchi bo‘lib «Chilla Fest-2018» festivali o‘tkazildi. Poytaxtimizning beshta eng yirik istirohat bog‘i ommaviy xalq sayillari markaziga aylandi.

«Chilla Fest-2018» festivali dasturi turli yoshdagi kishilar e’tiborini qamrab olishga mo‘ljallangan, oilaviy festival dasturidir. Ushbu yorqin bayram, shahar aholisi uchun dam olish kunini do‘stlik va samimiyat muhitida o‘tkazish, oila rishtalarini mustahkamlash va o‘z shahrimizga bo‘lgan muhabbatimizni oshirishga yana bir imkoniyat yaratdi. Musaffo osmon ostida o‘tgan tadbir «Lokomotiv» istirohat bog‘i, «Central Park», Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i, «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘i va «Green Park» istirohat bog‘larida o‘tkazildi.

Tashkilotchilar amaldagi attraksion va arg‘imchoqlarga qo‘shimcha ravishda axborot-ko‘ngilochar va hunarmandchilik zonalarini tashkil qildilar hamda qo‘shiq va raqs ansambllari mehmonlarga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Festival dasturi turli yosh toifalarini o‘z ichiga qamrab olib, oilaviy va do‘stona muhitda maroqli vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring