Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda harbiy parad bo‘lib o‘tdi (foto)

Chirchiqda harbiy parad bo‘lib o‘tdi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Chirchiq dala o‘quv maydonida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent viloyati hokimi,Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, o‘quvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Harbiy paradda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari va harbiy texnikalar tantanali marsh bilan o‘tdi. Quruqlikdagi va havodagi kuchlarimiz xalqimizga namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tantanali va badiiy marosim avvalidamustaqillik yillari xizmatvazifasini o‘tash vaqtidayuksak jasorat, sadoqat va matonat namunasini ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, 2018 yilning dekabr oyida o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar miqyosidagi «Eng ilg‘or mutaxassis» ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini mukofotladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring