Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda narkolaboratoriya ochgan jinoiy guruh aniqlandi

Chirchiqda narkolaboratoriya ochgan jinoiy guruh aniqlandi

Foto: Xavfsizlik

Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar ushlandi.

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Chirchiq shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.

​2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan mazkur shaxslar «Telegram» messendjeridagi xorijlik kuratorlari tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan «gashish moyi» va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, «gashish» giyohvandlik vositasini tayyorlashgan.

​Xonadon ko‘zdan kechirilganda, taxminiy og‘irligi 400 gr bo‘lgan «gashish», 5 kg yarim tayyor mahsulot, narkotiklarni quritish uchun mo‘ljallangan elektr pech, mikser, qo‘lqoplar, himoya vositalari, tarozi va yelim idishlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

​Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu shaxslarning 1 nafari muqaddam Rossiyaga, 2 nafari esa Vetnam va Tailand davlatlariga borib, laboratoriya sharoitida narkotik moddalar tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

​Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 276¹-moddasi 3-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring