Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand. Cho‘chqaxonaga aylangan chiqindixona (video)

Samarqand. Cho‘chqaxonaga aylangan chiqindixona (video)

Foto: zarnews.uz

Samarqand shahridagi yuz gektarlik chiqindixona atrofida 100 dan ziyod cho‘chqaxonalar aniqlangan. Ularning har birida kamida 50 tadan cho‘chqalar borligi aytiladi.

«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan reportajda aytilishicha, bu chiqindixonada tashkil qilingan cho‘chqaxonalar egalari ataylab cho‘chqalarini shu yerda boqishmoqda.

Mahalliy aholi hamda chiqindixona mas’ullarining murojaatlariga qaramay, hozircha noqonuniy cho‘chqaxonalarni yo‘qotishning imkoni bo‘lmayapti. Jurnalist savollariga javob qaytargan chiqindixona mas’ullari atrof o‘ralmagani bois, bu holatni nazorat qilib bo‘lmayotganini ta’kidlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring