Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muallaq darvesh bilan suhbat, turizm krediti, benzin narxi, Bosh prokuraturaga ochiq xat, aeroportda ushlangan Rashidjon Qodirov va boshqa xabarlar

Muallaq darvesh bilan suhbat, turizm krediti, benzin narxi, Bosh prokuraturaga ochiq xat, aeroportda ushlangan Rashidjon Qodirov va boshqa xabarlar

Bugun, 24-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Estoniya Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Estoniya Respublikasi Prezidenti Kersti Kalyulaydni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Turizm

Muallaq turuvchi darvesh bilan suhbat (foto)

Buxoroning eski shahar qismida muallaq turuvchi darvesh qisqa fursatda mashhur bo‘ldi. Ko‘plab sayyohlaru mehmonlar bunga katta qiziqish bildirdilar, uning yonida rasmga tushdilar. Fotosuratlar OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Quyida ushbu darvesh qiyofasidagi aktyor bilan uyushtirgan suhbatimizni havola etamiz.

Yangilik! «O‘zsanoatqurilishbank»dan boshlang‘ich badalsiz turizm krediti

Turoperator tomonidan taqdim etilgan shartnomada barcha turistik xizmatlar uchun xarajatlar (transport, mehmonxona, dam olish maskanlari, gid, ovqatlanish, tarixiy obidalar, muzey, teatr, ko‘ngilochar hamda sport maskanlariga tashrif va boshqalar) kiritilishi mumkin.

Jamiyat

«Hashar»dan voz kechdik. Navro‘zgacha 6 kun «Ozodalik kuni» deb e’lon qilindi

Obodonlashtirish, tozalik oyligini hamda hasharini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar va tuman ishchi guruhlari tuzilgan bo‘lib, 2018-yil Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish arafasida poytaxtda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Ko‘prik qachon bitadi? «Bunyodkor» stadioni oldida qurilish ishlari qanday ketyapti?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, poytaxtning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida umumiy uzunligi 667,5 metr bo‘lgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgichni qurish ishlari boshlab yuborilgan edi.

Rashidjon Qodirovning hibsga olingani rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror R.X.Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning o‘rinbosari ishdan olindimi?

Kecha ijtimoiy tarmoqlar va ayrim xorijiy saytlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, uning o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Xabar.uz» mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida qo‘mitaning matbuot xizmati rahbari Bobur Usmonov bilan bog‘landi.

Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportida ushlandimi?

«Xabar.uz»dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent ayeroportida ushlangan. Bu ma’lumotni Bosh prokuraturaning rasmiy saytida bugun e’lon qilingan bayonoti ham qaysidir ma’noda tasdiqlaydi.

Sog‘liqni saqlash

O‘zbekistonda ijtimoiy dorixonalardagi arzon dorilarni odamlarga ko‘chma dorixonalar orqali yetkazish taklif etildi

Ijtimoiy ahamiyatga molik dori mahsulotlari narx-navosi bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining qat’iy jamoatchilik nazorati o‘rnatishda hamkorlik tizimi qanday bo‘ladi?

Barcha kasalliklar uchun dori: afsonaviy «yulduzcha» tarixi

Oltin yulduz tasviri tushirilgan kichkina qizil idishcha shu qadar mashhur bo‘lib ketganki, uni bir qarashda tanib olish mumkin. Bu xuddi koka-kolani bir ko‘rganda tanib olishdek gap.

Iqtisodiyot

Benzinning narxi: arzonmi-qimmat? Bizda va chet elda (infografika)

2017-yil noyabr oyida benzin 0,41 dollardan sotilgan O‘zbekiston «Global Petrol Prices»ning benzin narxi eng arzon mamlakatlar reytingida 9-o‘rinni egallagandi.

Texnologiya

«Start up club»: investordan $300 ming sarmoya olib, 6 oyda foydaga kirgan tadbirkor haqida (video)

Odatda aksariyat tadbirkorlar o‘z faoliyatini o‘smirlik davrlaridan boshlashgan. Bugungi ko‘rsatuv mehmoni esa o‘z biznesini 10 yoshidan boshlagan.

Sport

Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylandi

Kongressda Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlardan delegatlar hamda Janubiy Koreya va Qatar davlatidan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

«Bunyodkor» a’zosi Doston Hamdamov «Anji» safiga qo‘shildi. Klub bundan bexabar

«Anji» shartnomada ko‘rsatilgan futbolchini qo‘yib yuborish summasini to‘lagan holda uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin.

Dunyo

Imomali Rahmon tadbirkorlarga imtiyoz beradigan qonunlarni imzoladi

Prezident imzolagan qonunlar orasida «Tojikistonda prezident saylovi to‘g‘risidagi» qonun ham bo‘lib, u 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga prezidentlikka nomzodini qo‘yish huquqini beradi.

Tramp o‘z ma’muriyatining birinchi ish yilini tarixdagi eng muvaffaqiyatli deb atadi

U bu haqida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konservatorlar (Consevative Political Action Conference) konferensiyada ma’lum qildi.

Afg‘oniston janubida «Tolibon» hujumi natijasida yigirmadan ortiq askar halok bo‘ldi

24-fevral kuni Afg‘onistonning janubi-g‘arbidagi Farax viloyatida «Tolibon» hujumi natijasida kamida 25 nafar afg‘on askari halok bo‘lgan

Huquq

Evakuatorchiga kim haq to‘laydi: sug‘urta kompaniyasimi yoki haydovchi?

«Falokat ekan, yaqinda mashinamni urib oldim, evakuator chaqirishga to‘g‘ri keldi. Evakuatorchi pul talab qilyapti, uni sug‘urta kompaniyasi pul to‘lashi kerakmasmi? Axir majburiy sug‘urtam bor-ku?»

Rashidjon Qodirovga qanday jazo berilishi mumkin?

Rasmiy ayblovga asoslanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olishda gumon qilinmoqda.

Tavsiya qilamiz

«Toshshahartransxizmat»ning tushunarsiz ishi

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida «Toshshahartransxizmat» AJning matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib Toshkent shahriga Belarusdan ikkita katta va o‘rta sig‘imli avtobus olib kelinib, 8-fevraldan sinov uchun qatnovga qo‘yilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuraturaga ochiq xat!

Bu yerda yana bir masala ochilib qolyapti: ushbu qarorda matbuot xizmatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarga bo‘ysunishi belgilangan. Demak, Bosh prokuratura rahbariyati ham Rashidjon Qodirov hibsga olingani bilan bog‘liq holatni yashirgan bo‘lib chiqib qolmaydimi?!

Uy egasi faqat dollarda gaplashadi. Ko‘nsangiz, shu...

Toshkent shahrida ijarada turish uchun avvalambor uy kerak. Ehtiyojdan kelib chiqib u bir, ikki yoki uch xonali kvartira yoki hovli bo‘lishi mumkin. Ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekistonda ijaraga olish/berish tartibi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Jinoyatning millatga daxli bormi?

Eng qizig‘i, bugun — yoshim qirqdan osha turib negadir yana o‘sha yoshlikdagi qo‘rquv tez-tez esimga tushadigan bo‘lib qoldi. Bilmadim, balki bu ham xuddi bolalik davri kabi inson hayotining yangi bir bosqichida ro‘y beradigan tabiiy holatdir. Ehtimol, rostan ham unga asos bordir...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring