Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr va gaz uskunalari davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish bepul bo‘ldimi?

Elektr va gaz uskunalari davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish bepul bo‘ldimi?

Yangi elektron gaz hisoblagich.

Foto: «1news.uz»

Bundan buyon iste’molchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun haq to‘lashmaydi. Buning sarf-xarajatlari, shuningdek, iste’molchilarning ushbu uskunalarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlariga yuklatiladi.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardan kuchga kirgan «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Biroq ushbu norma elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazishdagi barcha holatlarga tatbiq etilmaydi. Normada faqat zamonaviy, ya’ni elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalangan hisoblagichlar xususida so‘z bormoqda. Zamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish xarajatlari iste’molchi (mulkdor) tomonidan mustaqil ravishda  to‘lanadi. 

Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari» hamda «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida yana bitta shart ko‘zda tutilgan. Unda aytilishicha, tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun xarajatlar ularning mulkdori tomonidan qoplanadi. Demak, agar fuqaro unga o‘rnatilgan hisobga olish uskunasi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa, u uning mulkdori hisoblanadi va uni davriy qiyoslovdan o‘tkazish ishlari uchun o‘zi to‘lovni amalga oshirish kerak. Agar hisoblagich gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa va iste’molchi uning qiymatini to‘lamagan bo‘lsa, davriy qiyoslov ham bepul o‘tkaziladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalar faqat hisobga olish uskunalaridan lozim darajada foydalanilgan taqdirda ishlaydi. Agar hisoblagichga iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilgan, ishdan chiqarilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, uni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va o‘rnatish uchun to‘lov iste’molchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring