Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi rahbariyatida o‘zgarishlar kuzatildi

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi rahbariyatida o‘zgarishlar kuzatildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 571-son qarori bilan Zoxid Shavkatovich Ermatov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Shuxrat To‘lanboyevich Inoyatov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ulug‘bek Mehmonovich Kandimov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz,  2020-yil 1-dekabrda Prezident qaroriga ko‘ra Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring