Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari tizimi avtomatlashtiriladi

Davlat xizmatlari tizimi avtomatlashtiriladi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Davlat xizmatlari agentligida texnologik yechimlar sohasida eng ilg‘or hisoblanadigan Qmatic tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Kompaniyaning katta vitse-prezidenti bo‘lmish Oskar Fayerson boshchiligidagi delegatsiya Davlat xizmatlari Agentligi faoliyati bilan tanishib, Markazlarda xizmat oluvchilarni bosib o‘tadigan bosqichlarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish uchun o‘z yechimlarini taqdim etdi.

Davlat xizmatlari agentligi xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va soddalashtirish uchun doimiy ravishda ishlar olib bormoqda. Avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish, aholi xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘z elektron navbatini onlayn tarzda yoki Markazdagi maxsus terminallardan foydalangan holda olishdan tortib, to tayyor hujjatni qo‘lga olgunga qadar har tomonlama aniq tashkil etish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat xizmatlarini olish jarayonining qulayligi, tezkorligi, samaradorligi va fuqarolarimiz roziligini olishga yordam beradi.

Bundan tashqari, maxsus platforma tashkil etish nazarda tutilgan. Uning yordamida aholi xizmat ko‘rsatgan xodim haqida o‘z fikrini, shuningdek, taklif va tavsiyalarini bildirishi mumkin bo‘ladi. Bu esa Agentlik va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatishga zamin yaratadi. Ular xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring