Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dengizini yo‘qotgan kemalar qabristoni (foto)

Dengizini yo‘qotgan kemalar qabristoni (foto)

Foto: Farrux Aliyev / Xabar.uz

Taxminan 17 ming yillar muqaddam, Pomir va Tyan-Shan tog‘lari muzliklarining shitob bilan eriy boshlashi natijasida Orol dengizi hosil bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, nisbatan qisqa tarixi mobaynida ikki marta qurib, yana asl holiga qaytgan. 16-asr oxirlariga kelibgina chinakam dengiz misoli ulkanlashgan.

O‘tmishdagi Orolning nomi qoldi, xolos. Tabiat izmiga tushib, goh qurib, goh to‘lib-toshgan dengiz endi yo‘q. Unga jon bag‘ishlagan Amudaryo va Sirdaryoni shafqatsizlarcha dalalarga haydadik, baliqlarni paxtaga almashdik.

Uchinchi ming yillik boshiga kelib Orol dengizi suv hajmining to‘rtdan uch qismidan, maydonining katta yarmidan ayrildi.

Orol dengizi sohilidagi eng yirik port-shahar Mo‘ynoqda yaqin tarixda 100 mingdan ortiq aholi yashagan...

Mo‘ynoq qachonlardir baliqchilar shahri bo‘lganining yagona dalili — kemalar, o‘z dengizini yo‘qotgan kemalar qabristoni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring