Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat tashabbusi bilan 13 yillik muammo hal qilindi

Deputat tashabbusi bilan 13 yillik muammo hal qilindi

Bektemir tumanidagi 292-sonli maktabda Yangi yil shodyonalari o‘zgacha quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanadigan bo‘ldi. Xalq deputatlari Bektemir tuman kengashidagi O‘zMTDPdan saylangan deputat Feruza Jalilovaning sa’y-harakati bilan maktabning 13 yillik muammosi hal qilindi. Bu haqda O‘zMTDP Bektemir tuman kengashi xabar bermoqda. 

—Qiziq, faollar zali bo‘lsa-yu, o‘tirishga stullar bo‘lmasa. Zalda biron tadbir bo‘lib qolsa, o‘quvchilar 13 yildan beri sinf xonalardagi stullarni bu yerga tashish bilan ovvora bo‘lib kelmoqda. Bu muammoni deputatlik so‘rovi asosida yil boshida ko‘targan edik. Hokimiyat bu moliya bilan bog‘liq ekanini rukach qilib, masala yechimini ortga surib kelayotgan edi. Yaqinda bu masalani hal qilish maqsadida yana hokimiyatni bezovta qildik. Qarang, agar rahbarlar haqiqatan ham ko‘tarilayotgan muammolarni hal qilishni xohlasa, pul ham, imkoniyat ham topilar ekan. Yaqinda mansabdor shaxs nomiga kiritilgan navbatdagi deputatlik so‘rovimiz ijobiy hal qilindi va 292-sonli maktab faollar zali to‘la stullar bilan ta’minlandi—, deydi maktab rahbari. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring