Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX 2 kg «gashish» va 874 gr «opiy» moddasini sotayotganlarni qo‘lga oldi

DXX 2 kg «gashish» va 874 gr «opiy» moddasini sotayotganlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar fuqaro 874 gr «opiy» moddasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlarida qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1976 yil Buxoro viloyatida va 1958 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan ikki nafar fuqaro 874 gr «opiy» moddasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlarida qo‘lga olingan.

DXX tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida 1956 yil Samarqand viloyatida va 1976 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan ikki nafar shaxs Ohangaron va Yashnobod tumanida qariyb 2 kg «gashish» moddasi bilan ushlanagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring